Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Besh tashabbus” harakati doirasidagi “Lazer-run” musobaqasida 2000 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Yoshlar o’rtasida zamonaviy beshkurash va sog’lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida O’zbekiston Zamonaviy beshkurash federatsiyasi Toshkent markazida maxsus qurilgan yoshlar shaharchasida bo’lib o’tadigan “Besh tashabbus” harakatida qatnashdi.

“Zamonaviy beshkurashning beshta yo’nalishidan eng qiziqarligi bu lazerli to’pponchadan o’q otish bilan yugurish hisoblanadi. Ushbu musobaqalar mamlakatimiz yoshlari o’rtasida katta qiziqish uyg’otadi deb o’yladik va adashmadik. Musobaqada butun bir oila vakillari – buvilar nevaralari bilan, otalar bolalari bilan, erlari xotinlari bilan ishtirok etishdi. O’qituvchilar o’z o’quvchilari bilan bellashdilar, maktabdagi sinfdoshlar ro’yxatdan o’tdilar va o’zaro bellashdilar. Shuningdek, federatsiyamizni qo’llab-quvvatlash uchun o’zbek sportining yulduzlari – Iroda To’laganova, Rashvan Irmatov va Server Jeparovlar ishtirok etishdi. Besh kun ichida biz juda ko’p tabassumlarni, juda ko’p quvonchli his-tuyg’ularni, juda ko’p porlab turgan ko’zlarni ko’rdik! Bu haqiqatan ham sport bayrami edi.
Ushbu keng ko’lamli yoshlar tadbirida qatnashish imkoniyati uchun mamlakatimiz hukumati va Toshkent shahar hokimiyatiga alohida minnatdorchiligimni bildirmoqchiman”. – dedi O’zbekiston Zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziev.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Связаться

Позвоните нам или заполните форму ниже, и мы свяжемся с вами. Мы стараемся отвечать на все запросы в течение 24 часов в рабочие дни.