Federatsiya haqida

«O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi» NNT 2017 yilning 10 fevral kuni, O‘zbekistonda sportning zamonaviy beshkurash turini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.

Federatsiyaning asosiy maqsadlari, O‘zbekistonda zamonaviy beshkurash sport yo‘nalishini rivojlantirish, o‘zbekistonliklarning har tomonlama, mukammal rivojlanishida jismoniy madaniyat va sportning o‘rnini oshirish, xalqaro maydonlarda O‘zbekiston beshkurash sporti mavqeini ko‘tarish va uning o‘rnini mustahkamlashdan iborat.

O‘ZBF mutaxassislari tomonidan, O‘zbekistonda zamonaviy beshkurashni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli, kompleks o‘quv dasturlari ishlab chiqilyapti va amalga oshirilyapti.

2018 yilning 3 dekabrida tadbirkor va jamoat faoli Bahromjon G‘oziyev O‘ZBF raisi etib tayinlandi. Ungacha bu lavozimni Farrux Fazliyev egallagan.

 

 

Federatsiyaning asosiy maqsad va vazifalari:

— sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, O‘zbekiston aholisining ijtimoiy faolligini oshirish va salomatligini mustahkamlash;

— yosh avlod salomatligini mustahkamlash, bolalar va o‘smirlarni jismoniy madaniyat va sport bilan muntazam, tizimli shug‘ullanishga jalb qilish;

— sportni ommalashtirish va sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish;

— hududlarda zamonaviy beshkurashni rivojlantirish, zamonaviy beshkurash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktablar va sport klublarini ochish.

— O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalari uchun zahira tayyorlash;

— O‘zbekiston Respublikasi beshkurashchilarining sport mahoratini oshirish;

Xalqaro musobaqalarda ishtirok etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalarini shakllantirish uchun eng kuchli sportchilarni aniqlash;

— mamlakatning hududiy va sport tashkilotlarida turli yosh guruhidagi sportchilarning tayyorgarlik darajasini aniqlash;

— musobaqalarni o‘tkazish natijalarini tahlil qilish;

— murabbiylar va hakamlar bilan seminarlar o‘tkazish.

2020 YILGI TOKIO O’YINLARIGA TAYYORGARLIK

Tokio shahridagi 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini ikki nafar beshkurashchi sportchi Alise Faxrutdinova va Aleksandr Savkinlar himoya qiladi. Ular shaxsiy musobaqalarda Olimpiya litsenziyalarini qo‘lga kiritgan. Har bir davlat uchun maksimal kvota 4 ta litsenziyani tashkil etadi (shaxsiy ustunlikda 2 ta erkak va 2 ta ayol uchun).

Qilichbozlik

70%

Suzish

80%

Konkur (Ot Minish)

90%

Yugurish

70%

O'q otish

80%