Qilichbozlik
Suzish
Konkur
O'q otish
Yugurish

Qilichbozlik

Qilich yordamida o‘tkaziladigan qilichbozlik musobaqasi aylana tizim bo‘yicha tashkil etiladi. Ushbu bosqich odatda bir necha soat davom etadi: har bir sportchi kamida 20 ta jang o‘tkazadi.

  • Qilichbozlik
  • Suzish

    Suzish bosqichi 200 metrdan iborat masofada o‘tadi. Sportchilar erkin usulda suzadi. 250 ochko yig‘ish uchun, ayol va erkaklar masofani 2 daqiqa 30 soniya ichida suzib o‘tishi kerak. Natijaning 0,3 soniyaga o‘zgarishi ko‘rsatkichni 1 ochkoga yaxshilaydi yoki yomonlashtiradi.

  • Suzish
  • Konkur

    Konkur — bu 350–450 metr masofada to‘siqni yengish orqali o‘tadigan ot minish musobaqasi. To‘siqlar balandligi 120 santimetrgacha, kengligi 150 santimetrgacha. To‘siqlar orasida bitta ikkitalik va bitta uchtalik tizim bo‘lishi shart.

  • Konkur
  • O'q otish

    O‘q otish 4 bosqichda bo‘lib o‘tadi, nishonlar orasidagi masofa 10 metr. Har bir bosqich turli urinishlar orqali, 59,5 millimetr diametrli 5 ta nishonga tegishdan iborat. Eng ko‘p ajratilgan vaqt 50 soniya, ammo eng yaxshi beshkurashchilar beshta nishonni atigi 10-15 daqiqada urib tushiradi.

  • O'q otish
  • Yugurish

    2009 yil 1 yanvardan boshlab, 3000 metrga yugurish va o‘q otish turlari birlashtirilgan. O‘q otish jarayonida lazerli to‘pponcha va elektron nishondan foydalanishga ruxsat beriladi. Qoidalarga ko‘ra, sportchilar 800 metrdan 4 ta masofani chopib o‘tadi, har birining oldida o‘q otish chizig‘i bor.

  • Yugurish
    • Beshkurash bo'yicha zamonaviy musobaqalar odatda quyidagi ketma-ketlikda bo'lib o'tadi:

      Qilichbozlik;
      Suzish;
      Konkur;
      Kombayn — yugurish (yengil atletika) plyus to‘pponchadan o‘q otish.

      Turnir sinov ochkolari tizimiga asoslanadi. Har bir intizom uchun maʼlum bir normativ o‘rnatilgan bo‘lib, uni bajargan beshkurashchiga 250 ochko beriladi (konkurda — 300). Agar sportchi bu normativni oshirib bajarsa, u qo‘shimcha ballarni qo‘lga kiritadi. Mabodo ishtirokchi standartni bajara olmasa, undan maʼlum bir ochkolar olinadi. Dasturning har xil turlarida yig‘ilgan ochkolar jamlanadi.

      Qilchbozlik

      Qilich yordamida o‘tkaziladigan qilichbozlik musobaqasi aylana tizim bo‘yicha tashkil etiladi. Ushbu bosqich odatda bir necha soat davom etadi: har bir sportchi kamida 20 ta jang o‘tkazadi. Birinchi turtki, yaʼni tananing istalgan qismiga berilgan qilich zarbasi uchrashuv yakunini bildiradi. Mabodo har ikki qilichboz bir vaqtning o‘zida turtki bersa, olishuv davom etadi. Jang juda uzoq davom etmasligi uchun, uning davomiyligi 1 daqiqa bilan cheklangan. Agar vaqt tugashiga qadar g‘olib aniqlanmagan bo‘lsa, ikki sportchi uchun ham mag‘lubiyat qayd etiladi. Hisobga olingan har bir turtki uchun sportchi 6 ochkoni qo‘lga kiritadi. Normativ — standart 250 ochko. Ularni yig‘ish uchun, kurashlarning 70% ida g‘olib bo‘lish kerak. Qilichbozlik bo‘yicha musobaqalarda turtkilarning elektroavtomatik signalizatorlari qo‘llanadi.

      Suzish

      Suzish bosqichi 200 metrdan iborat masofada o‘tadi. Sportchilar erkin usulda suzadi. 250 ochko yig‘ish uchun, ayol va erkaklar masofani 2 daqiqa 30 soniya ichida suzib o‘tishi kerak. Natijaning 0,3 soniyaga o‘zgarishi ko‘rsatkichni 1 ochkoga yaxshilaydi yoki yomonlashtiradi.
      Bugungi kunda erkak beshkurashchilarning suzish bo‘yicha rekordi — 1.54,25.

      Konkur

      Konkur — bu 350–450 metr masofada to‘siqni yengish orqali o‘tadigan ot minish musobaqasi. To‘siqlar balandligi 120 santimetrgacha, kengligi 150 santimetrgacha. To‘siqlar orasida bitta ikkitalik va bitta uchtalik tizim bo‘lishi shart. Masofani bosib o‘tish uchun, nazorat vaqti belgilanadi. Masalan, 400 metrli masofa uchun, vaqt 2 daqiqa 18 soniyani tashkil etadi. Ishtirokchilar bellashuvi natijasi boshlang‘ich 300 ochkodan jarima ballarini chegirish orqali aniqlanadi. Ochkolar asosan texnik xatolar va vaqtdagi kamchiliklar hisobiga chegiriladi, ya’ni har bir ortiqcha soniya uchun 1 ochkodan. Agar sportchi vaqtinchalik limitni ikki martadan ko‘p oshirsa, 0 ochko oladi

      O'q otish

      O‘q otish 4 bosqichda bo‘lib o‘tadi, nishonlar orasidagi masofa 10 metr. Har bir bosqich turli urinishlar orqali, 59,5 millimetr diametrli 5 ta nishonga tegishdan iborat. Eng ko‘p ajratilgan vaqt 50 soniya, ammo eng yaxshi beshkurashchilar beshta nishonni atigi 10-15 daqiqada urib tushiradi. Sportchi 5 ta nishonga tekkanidan yoki vaqt limiti tugaganidan keyin, 800 metrli masofaga yugurishni boshlashi mumkin. Ilgari kalibri 4,5 millimetr bo‘lgan pnevmatik yoki har safar o‘qlanadigan gazli to‘pponchalar qo‘llanilardi; sportchi har bir o‘q otishdan oldin, qurolni o‘qlashi kerak bo‘lgan.

      Yugurish

      2009 yil 1 yanvardan boshlab, 3000 metrga yugurish va o‘q otish turlari birlashtirilgan. O‘q otish jarayonida lazerli to‘pponcha va elektron nishondan foydalanishga ruxsat beriladi. Qoidalarga ko‘ra, sportchilar 800 metrdan 4 ta masofani chopib o‘tadi, har birining oldida o‘q otish chizig‘i bor. Otishning birinchi bosqichi startdan 20 metr o’tib boshlanadi.
      Start gandikap tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi: ochkolar oldingi tur natijalari bo‘yicha hisoblanadi, ularning farqi esa soniyalarga o‘tkaziladi.