2020 yil 28 sentyabr

Yaponiyaning Olimpiya mash’alasi estafetasi 2021-yil 25-martda boshlanadi

“Olimpiya mash’alasi estafetasi 2021-yil 25-martda Fukusima prefekturasida boshlanadi va 121 kun davom etadi” , deb xabar beradi Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o’yinlari tashkiliy qo’mitasi sayti.

Estafeta Fukusimadagi futbol shug’ullanish markazidan boshlanib, keyinchalik Yaponiyaning barcha 47 prefekturalari bo’ylab davom etishi kerak. Estafetaning marshruti va jadvali dastlab rejalashtirilgani kabi bo’lib qoladi.

Ta’kidlanishicha, Tokio-2020 tashkiliy qo’mitasi koronavirus pandemiyasi bilan bog’liq holda estafetani xavfsiz va ishonchli o’tkazilishini ta’minlashga qaratilgan bir qator qarshi choralarni ko’rib chiqmoqda. Bundan tashqari, tashkiliy qo’mita Olimpiya mash’alasi estafetasini yanada soddalashtirilgan va samarali tashkil etish variantlarini o’rganmoqda.

Xalqaro olimpiya qo’mitasi (XOQ) va Tokio o’yinlari tashkiliy qo’mitasi mart oyining oxirida koronavirus tufayli yozgi Olimpiada o’yinlari 2021 yilga qoldirilganini e’lon qilishdi. O’yinlar 2021-yil 23-iyuldan 8-avgustgacha davom etishi rejalashtirilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Связаться

Give us a call or fill in the form below and we'll contact you. We endeavor to answer all inquiries within 24 hours on business days.