Osiyo zamonaviy
Beshkurash
Konfederatsiyasi
Osiyo zamonaviy beshkurash konfederatsiyasi
  • 1
    ФЕХТОВАНИЕ

    Qilichbozlik O'zbekistonda 1949 yilga kelib katta shuhrat qozondi.

  • 2
    Suzish

    1939 yilda O'zbekistonda respublika suzish federatsiyasi tashkil etildi.

  • 3
    Konkur

    2016 yil 25 - 27 mart O'zbekistonda birinchi marotaba bolalar va yoshlar o'rtasida ot sporti bo'yicha ochiq sport musobaqasi (sakrash)

  • 4
    Yugurish

    Birinchi Toshkent xalqaro yarim marafonida 28 mamlakatdan 1500 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdilar.

  • 5
    O'q otish

    Ushbu sport turida 15 ta mukofot to'plami o'ynaladi.

BIATL VA TRIATL

BIATL

200 metrgacha masofaga erkin usulda suzish va 3 kilometrgacha masofaga yugurishni o‘z ichiga oladi (ishtirokchilarning yosh toifasiga qarab). Triatlda birinchi ikki intizomga lazer qurolidan o‘q otish qo‘shiladi (50 soniyada 5 ta nishonni urib tushirish kerak).

Biatl va triatl alohida intizom sifatida, Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi (UIPM) tashabbusi bilan, nisbatan yaqinda paydo bo‘ldi. Ularning paydo bo‘lishi, birinchi navbatda beshkurashchilarning bosqichma-bosqich tayyorgarligi zaruriyati bilan bog‘liq. Biatl va triatl yosh beshkurashchilarni rivojlantirishning ilk qadamlari sanaladi. Lekin bu intizom turlari bilan nafaqat bolalar, balki 6 yoshdan 75 yoshgacha va undan katta yoshdagi har qanday sportchi shug‘ullanishi mumkin. Bolalarni zamonaviy beshkurashga o‘rgatish aynan biatl va triatldan boshlanadi.

 

Birinchi bosqichda bolalar yugurish va suzishni, so‘ng o‘q otishni, sal keyinroq qilichbozlikni o‘rganadi. Konkur birinchi bo‘lib o‘smirlik yoshidagi shakllangan sportchilar musobaqalari dasturiga qo‘shiladi. Yugurish va suzishni har bir bola bilishi lozim, ular bu sport turlari bilan keyinchalik shug‘ullanadimi yoki yo‘q, bu muhim emas, balki ota-onalar farzandini kuchli va sog‘lom voyaga yetkazishni istashar.

Triatl uch xil intizomni o‘z ichiga oladi: o‘q otish, suzish va yugurish

“Triatl” yangi intizomi Limassol shahrida (Kipr Respublikasi) biatl bo‘yicha o‘n beshinchi Jahon chempionati doirasida rasman o‘tkazilgan. Triatl shuningdek, 2014 yilda Osiyo sohil o‘yinlari musobaqalari dasturiga kiritilgan.

Triatl bo‘yicha musobaqalar quyidagi formatda o‘tkaziladi: sportchilar mass-startdan boshlaydi, start chizig‘idan bir necha metrdan keyin (start chizig‘idan o‘q otish maydoniga qadar masofa 25 m tashkil etadi) qo‘lga to‘pponcha olinadi va o‘q otish amalga oshiriladi, undan so‘ng suvga sakrash va suzish intizomi qo‘llaniladi. Bosib o‘tiladigan masofa uzunligi sportchi yoshiga bog‘liq (triatlning bir marta aylanib o‘tish davrasi — C va D guruhi o‘smirlari, yoshlar va katta yoshdagi sportchilar uchun, 4 davrani tashkil etadi).

 

“Triatl” yangi intizomi Limassol shahrida (Kipr Respublikasi) biatl bo‘yicha o‘n beshinchi Jahon chempionati doirasida rasman o‘tkazilgan. Triatl shuningdek, 2014 yilda Osiyo sohil o‘yinlari musobaqalari dasturiga kiritilgan.

photo_2020-05-12_19-49-16-580x400

VADA nima?

Xalqaro dopingga qarshi agentlik (VADA) — bu 1999 yilda sportda dopingga qarshi kurashni targ‘ib etish, uni muvofiqlashtirish va monitoring qilish maqsadida, tashkil etilgan xalqaro mustaqil tashkilot.

ADAMS tizimi

ADAMSga kirishning yangi tizimi namoyishi – Single Sign-On

Joylashuv o‘rni haqida maʼlumot taqdim etish uchun yangi ilova namoyishi

Athlete Central va ADAMS Next Gen ilovalarini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatma — Tizimga kirish

Athlete Central va ADAMS Next Gen ilovalarini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatma— Maʼlumot taqdim etish

ADAMS tizimida aloqa maʼlumotlarini tekshirish va kirishni tasdiqlash kodlari

Butunjahon dopingga qarshi kodeks

Butunjahon dopingga qarshi kodeksi 2003 yilda qabul qilinib, 2004 yilda amal qilishni boshladi. O‘zgartirilgan kodeks 2007 yilning 17 noyabrida Butunjahon dopingga qarshi agentlikning Taʼsischilar kengashi tomonidan maʼqullangan. Qayta ko‘rib chiqilgan Butunjahon dopingga qarshi kodeksi 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab kuchga kirdi.

Doping nima?

Doping — bu organizmning jismoniy yoki ruhiy faoliyatini vaqtincha kuchaytirishga yordam beruvchi moddalar; biologik faol qo‘shimchalar, sport qobiliyatini majburan oshirishga qaratilgan usul va uslublar. Ularning organizm uchun nojo‘ya taʼsirlari bor va dopingni aniqlash maxsus usullari ham mavjud. Ularga asosan mushaklarga tushadigan yuklama taʼsiridan keyin, mushak oqsillari ishlab chiqilishini kuchaytiruvchi preparatlar kiradi. Ko‘p miqdordagi dori vositalari mashg‘ulotlar va/yoki musoqabalar vaqtida sportchilar tomonidan isteʼmol qilinishi taqiqlanadi.

Doping sport ruhiga mutlaqo zid!

Sport ruhi, bu inson ruhiyati, tanasi va tafakkurini ulug‘lash hamda tanitish usuli. Sport quyidagi qadriyatlarni aks ettiradi:

  • axloq qoidalari, adolat va halollik;
  • sog‘liq;
  • yuqori darajada ishtirok etish;
  • feʼl-atvor va taʼlim;
  • zavq va quvonch;
  • jamoaviylik;
  • majburiyatlarga sodiqlik va fidoiylik;
  • qonun va qoidalarni hurmat qilish;
  • o‘ziga va musobaqaning boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmat ko‘rsatish;
  • jasorat;
  • hamjihatlik va birdamlik.

:

LAZER-RAN

Lazer-ran yosh sport turi bo‘lib, yugurish va lazer to‘pponchasidan lazer nishoniga qarab o‘q otishni o‘z ichiga oladi. Katta sportchilar 3200 metr (har biri 800 metrdan) masofaga yuguradi va yo‘l-yo‘lakay 4 ta o‘q otish chizig‘ida to‘xtab o‘tadi. Masofa uzunligi sportchilarning yosh toifasiga qarab farqlanadi. 2015 yilda lazer-ran sport turi sifatida rasman tan olingan. Shu yildan boshlab lazer-ran bo‘yicha jahon chempionatlari o‘tkazila boshlangan, ularda birinchilardan bo‘lib Fransiyaning Perpinyan shahri ishtirok etdi.