Qilichbozlik
Suzish
Konkur
O'q otish
Yugurish

XALQARO FEDERATSIYA

XALQARO ZAMONAVIY BESHKURASH ITTIFOQI

Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi (UIPM) 1948 yilda, Xalqaro zamonaviy beshkurash va biatlon ittifoqi negizida tashkil topdi.
UIPM tarkibiga 6 ta konfederatsiya kiradi, dunyoning har bir qitʼasida bittadan. Konfederatsiyalar ro‘yxati quyidagicha:

— Yevropa konfederatsiyasi;
— Osiyo konfederatsiyasi;
— Afrika konfederatsiyasi;
— Janubiy Amerika konfederatsiyasi;
— Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib havzasi konfederatsiyasi;
— Okeaniya konfederatsiyasi.

Qoidalar va ish tartibi

UIPM qoidalari va ish tartibi asosiy besh bo‘limdan iborat:

— Konstitutsiya;
— Musobaqalar (Qilichbozlik, Suzish, Konkur, Kombayn, Faxriylar musobaqasi, Ikkikurash);
— Intizomlar;
— Tibbiyot;
— Reklama va marketing.

Ushbu qoidalar Ittifoqni samarali boshqarish va barcha ishtirokchilar uchun adolatli musobaqalar o‘tkazish maqsadida belgilangan. Yilda bir marta UIPM kongressida, Federatsiyalar, yaʼni UIPM aʼzolarining ko‘pchilik ovozidan so‘ng, qoidalarga o‘zgartirish kiritiladi.

Doktor Klaus Shormann UIPM PREZIDENTI

Fan doktori Klaus Shormann 1993 yildan beri Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi (UIPM) prezidenti hisoblanadi. Xalqaro Olimpiya harakati doirasida, doktor X. Shormann 1994 yildan buyon XOQning madaniyat va taʼlim bo‘yicha ishchi guruhi aʼzosi va maslahatchisi sanaladi. 2008 yilda u shuningdek, XOQning o‘smirlar o’rtasida Olimpiya o‘yinlari bo‘yicha kichik komissiyasi raisi va XOQning madaniyat va olimpiya taʼlimi hamda sport komissiyalari bilan bog‘liq taʼlim masalalari bo‘yicha, ishchi guruh aʼzosiga aylandi.

Joel Buzu UIPM PREZIDENTI O‘RINBOSARI

Janob Buzu UIPM prezidenti o‘rinbosari bo‘lishidan avval, 15 yil davomida UIPM Bosh kotibi bo‘lib ishlagan. Buzu tajribali va hurmati bor beshkurashchi. U to‘rt marta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan, yaʼni 1980, 1984, 1988 va 1992 yillari. U 84 ta jamoa musobaqalarida bronza medalini qo‘lga kiritgan va 1987 yilda zamonaviy beshkurash bo‘yicha jahonning chempionlik tojini kiygan. Janob Buzu Limoja universitetining (Fransiya) sport huquqi va iqtisodiyoti sohasida diplomi bor. U Butunjahon olimpiyachilar assotsiatsiyasi  (WOA) va Peace & Sport tashkiloti prezidenti sanaladi. Shuningdek, hozirgi kunda Monako shahzodasi Albert II janobi oliylarining sport maslahatchisidir.

Xuan Manzo Oranegi PREZIDENT O‘RINBOSARI

Xuan Manzo 1982 yildan boshlab, zamonaviy beshkurash bo‘yicha murabbiy, hakam va spiker bo‘lib ishlagan sobiq sportchi. Xuan Meksika zamonaviy beshkurash federatsiyasida bir nechta lavozimlarni egallagan, 2004 yilda uning prezidenti bo‘lgan. U shuningdek, 2012–2016 yillar davomida Norchek konfederatsiyasi prezidenti bo‘lgan. Janob Manzo hozirgi kunda Meksika Olimpiya qo‘mitasi Ijroiya kengashi va Meksika sport konfederatsiyasi aʼzosi, shuningdek, Murabbiylar milliy maktabida katta o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi.

Berik Imashev PREZIDENT O‘RINBOSARI

Janob Imashev 2016 yilden beri UIPM prezidenti o‘rinbosari va 2010 yildan buyon Qozog‘iston zamonaviy beshkurash federatsiyasi prezidenti sanaladi. Shuningdek, janob Imashev Qozog‘iston Olimpiya qo‘mitasi Ijroiya kengashi aʼzosi hamdir. 2011-2016 yillar davomida Osiyo zamonaviy beshkurash konfederatsiyasi prezidenti o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Ayni vaqtda janob Imashev Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi, davlat arbobi va siyosatchi bo‘lib faoliyat olib boradi. U 1960 yil 7 iyunda Olmota shahrida akademik huquqshunoslar oilasida tavallud topgan.

Kichik Xuan Antonio Samaranch UIPM PREZIDENTINING BIRINCHI O‘RINBOSARI

Janob Samaranch 1996-2012 yillar davomida prezidentning birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan va 1984 yildan boshlab UIPM kengashi aʼzosi bo‘lgan. 2016 yildan XOQ prezident o‘rinbosari Ispaniya Olimpiya qo‘mitasi aʼzosiga aylangan. Janob Samaranch moliyaviy sektorda katta professional tajribaga ega bo‘lib, GBS Finanzas, SA asoschisi va bosh direktori hisoblanadi. U shuningdek, bir qator tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarini ham egallaydi.

Vyacheslav Aminov UIPM BIZNES LOYIHALARI BO‘YICHA PREZIDENT O‘RINBOSARI

Janob Aminov maʼlumoti bo‘yicha huquqshunos, M.V. Lomonosov nomidagi MDUni tamomlagan. Ayni paytda u “RTY” OAJning yirik hamkori bo‘lgan “NefteTransServis” MCHJ egasining sherigi hisoblanadi. Janob Aminov Rossiya zamonaviy beshkurash federatsiyasi prezidenti (RZBF), Rossiya Olimpiya qo‘mitasi (ROQ) prezidenti o‘rinbosari va Rossiyaning yozgi Olimpiya sport turlari assotsiatsiyasining prezident o‘rinbosari hisoblanadi.

2010 — Xitoyning Guanchjou

shahrida o‘n beshinchi Osiyo o‘yinlari o‘tkazildi.

Unda 6 ta MOQ ishtirok etdi, yaʼni Xitoy, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Koreya va O‘zbekiston.

2011 — Xitoyning Chendu

shahrida o‘n sakkizinchi Osiyo chempionati o‘tkazildi


AMPC tashkilotining rasmiy logotipi tasdiqlandi.

2012 — Xitoy Taybeyining Gaosyun

shahrida o‘n to‘qqizinchi Osiyo chempionati o‘tkazildi.

—Yoshlar musobaqasi ilk marotaba o‘n to‘qqizinchi Osiyo chempionati dasturiga kiritildi va shundan buyon Osiyo chempionati dasturida majburiy sanaladi.

2014 — Koreyaning Inchxon

shahrida o‘n yettinchi Osiyo o‘yinlari o‘tkazildi.

— Unda 6 ta MOQ ishtirok etdi, yaʼni Xitoy, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Koreya, O‘zbekiston.

2018 — Indoneziyaning Jakarta

shahrida o‘n sakkizinchi Osiyo o‘yinlari o‘tkazildi.

Unda 8 ta MOQ ishtirok etdi, yaʼni Indoneziya, Xitoy, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Koreya, Mongoliya va Tayland.

2019 yil 10 noyabr kuni Uxan

shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha Osiyo konfederatsiyasi kongressi bo‘lib o‘tdi


Kongressda Osiyo mintaqasi federatsiyalari rahbarlari uchrashdi. Unda Osiyo konfederatsiyasi prezidenti janob Sangvu Park va Bosh kotib Namdev Shangionker nutq so‘zladi